1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda O‘rmon agentligi tashkil etildi

2025-yil 1-noyabrdan o‘rmon yer maydonlari muhofaza etiladi.

O‘zbekistonda O‘rmon agentligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son farmoniga binoan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi negizida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — O‘rmon agentligi) tashkil etildi.

 

Farmonga muvofiq yangi tashkil etilgan O‘rmon agentligi quyidagi vazifalarni bajaradi:

 

Respublikadagi barcha o‘rmonlarning davlat hisobini yuritadi hamda davlat o‘rmon kadastrini tuzadi;

 

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshiradi;

 

Ko‘chatchilikni rivojlantirish va daraxt hamda buta ko‘chatlari pitomniklarini ko‘paytirish bo‘yicha ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

 

Shuningdek, farmonga muvofiq 2025-yil 1-noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladigan hududlar sifatida belgilanadi. Endilikda ularning toifasini o‘zgartirish faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori asosida amalga oshiriladi.

 

Mazkur islohotlar mamlakatda ekologik muvozanatni ta’minlash, cho‘llanishga qarshi kurashish va yashil hududlarni kengaytirish borasidagi ishlarni tizimli va samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика