1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda qalbaki pasport bilan chetga chiqmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Holat yuzasidan 8 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda qalbaki pasport bilan chetga chiqmoqchi bo‘lganlar ushlandi

 

8-aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fuqarosi qalbaki Fransiya va Italiya pasportlari asosida Toshkent-London yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqchi bo‘lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, reysdan qoldirilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya davlatining pasportlari qalbaki ekanligi aniqlangan. 

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent aviasiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223- (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.

 

Tergov natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlangan.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика