1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda tadbirkorlarning radar va kamera o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlar soni ortdi

E-ijro auksion‘da tadbirkorlarning radar o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlar soni ortdi. Bu haqda onlayn-auksion maʼlumotlariga tayanib, Spot xabar berdi.

O‘zbekistonda tadbirkorlarning radar va kamera o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlar soni ortdi

 

 

Hozirda ularning soni 344 tani tashkil etmoqda, iyun oxirida lotlar soni 72 ta edi. Toshkentda tadbirkorlarning radar va kamera o‘rnatishi mumkin bo‘lgan nuqtalari soni 39 taga yetgan. Eng ko‘pi Buxoro viloyatida bo‘lsa (62 ta), eng kami — Xorazmda (12 ta).

 

Barcha lotlar ushbu hududdagi avtomobillar oqimi va so‘nggi ikki yil davomidagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi maʼlumotlar bilan keltirilgan. Shu orqali qoidabuzarliklar orqali qancha pul ishlab topish mumkinligini prognoz qilish mumkin.

 

Taʼkidlanishicha, tadbirkorlarni jalb etish orqali 2021—2022 yillarda mamlakat bo‘ylab 3356 ta videokamera va 763 ta radar o‘rnatish rejalashtirilgan.

 

Bu kabi lotlarga talab yuqori — savdolar davomida narxlar bir necha o‘n barobarga oshmoqda. Masalan, iyul oyida shu kabi hududlardan biri 40 million so‘mga sotilgan — bu boshlang‘ich narxidan 27 barobarga ko‘p demak.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика