O‘zbekistonda ekstremistik va terroristik g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi deb topilgan axborot resurslari va kontentlar ro‘yxati yangilandi. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, yangilangan ro‘yxat 2026-yil 10-yanvar holatiga ko‘ra tasdiqlangan. Unda sud xulosasiga asosan ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, zo‘ravonlik va terrorizmni oqlash, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish alomatlari mavjud bo‘lgan materiallar kiritilgan.
Masʼul idoralar qonunchilikka muvofiq, bunday materiallarni tarqatish, saqlash yoki targ‘ib qilish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini eslatib o‘tdi.
Taqiqlangan veb-saytlar va kontentning to‘liq ro‘yxati Oliy sudning rasmiy axborot manbalarida eʼlon qilingan.


