1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik parasuzuvchi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

U shu tariqa Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik erkak sportchi bo‘ldi.

O‘zbekistonlik parasuzuvchi Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi

Singapurda bo‘lib o‘tayotgan para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchi Yegor Bolotov tarixiy natijaga erishdi. U S13 toifasida 100 metr masofaga chalqancha suzishda 58,97 soniya natija bilan birinchi bo‘lib marraga yetdi va mamlakat terma jamoasiga oltin medal taqdim etdi.

 

Bolotov shu tariqa para suzish bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medal olgan ilk o‘zbekistonlik erkak sportchiga aylandi. Undan keyingi o‘rinlarni gollandiyalik Tomas van Vaanroy (59,35) va ukrainalik Oleksey Virchenko (59,45) egalladi.

 

Yegor Bolotov shuningdek, bir kun oldin 100 metr erkin usulda suzish bahslarida bronza medaliga ham sazovor bo‘lgandi.

 

Musobaqada yana bir o‘zbekistonlik sportchi — Mubinabonu Xalilova (S13) 100 metr masofaga chalqancha suzish finalida yettinchi bo‘ldi. Shuningdek, Sardor Baxtiyorov (S7) ishtirokidagi hal qiluvchi bahslar ham oldinda turibdi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика