1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik sportchi yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Bu o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari uchun so‘nggi 24 yil ichida jahon chempionatlaridagi ilk oltin medal hisoblanadi.

O‘zbekistonlik sportchi yunon-rim kurashi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Xorvatiyaning Zagreb shahrida o‘tkazilgan sport kurashi bo‘yicha jahon chempionatida Aytjan Xalmaxanov O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildi. U yunon-rum kurashida -63 kg vazn toifasida finalda koreyalik Chung Xan-Jeni mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

 

Bu natija — so‘nggi 24 yil ichida o‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari uchun jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal hisoblanadi.

 

Chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 5 ta medal oldi:

 

  •  Oltin: Aytjan Xalmaxanov (63 kg, yunon-rum kurashi)

  •  Kumush: Alisher G‘aniyev (60 kg, yunon-rum kurashi)

  •  Bronza: G‘ulomjon Abdullayev (57 kg, erkin kurash)

  •  Bronza: Umidjon Jalolov (65 kg, erkin kurash)

  •  Bronza: Abdullo Aliyev (72 kg, yunon-rum kurashi)

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика