Eron poytaxti Tehron shahrida klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining dastlabki kunda qizlar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda, O‘zbekiston terma jamoasi aʼzolari uchta medal qo‘lga kiritishdi.
Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakuni bo‘yicha Feruza Sodiqova oltin, Charos Qayumova hamda Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqishdi.
Bugun, 5 mart kuni erkaklar o‘rtasida bahslar o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gandbolchi qizlar tarixiy g‘alabaga erishgani haqida xabar berilgandi.


