O‘zbekiston piyoz eksportiga kiritgan vaqtincha cheklovni bekor qildi, deya xabar bermoqda “O‘zA” axborot agentligi.
Avvalroq piyoz narxining keskin o‘sishi, aholining ichki isteʼmol talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida joriy yilning 1 apreliga qadar piyoz eksportiga vaqtincha cheklov o‘rnatilgandi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligining maʼlum qilinishicha, 2023 yil 15 martdan mamlakatda piyoz narxi barqarorlashganligi sababli piyoz eksportiga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklov bekor qilindi.


