Yaqin Sharq mamlakatlaridan biridan qaytib kelgan Mardan shahrida yashovchi fuqaroda infeksiya aniqlangan. Avvalroq kasallik Shvetsiyada kuzatilgandi.
Afrika davlatlarida xastalik ko‘paygani sababli JSST maymunchechak bilan bog‘liq xalqaro favqulodda holat eʼlon qilgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesusning aytishicha, Afrika va undan tashqarida epidemiyaning tarqalish ehtimoli “juda xavotirli”. Zarur choralar ko‘rilmasa, maymunchechak Osiyo va Yevropa janubiga tarqalishi mumkin.


