Kecha kechqurun Pokistonda, Karachi aeroporti yaqinida mamlakatda elektr stansiyalarini qurayotgan Xitoy kompaniyasi avtomobillari karvoni portlatib yuborildi.
Pokiston politsiyasining matbuotga maʼlum qilishicha, o‘n nafar yarador shifoxonaga yetkazilgan, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Bu harakat uchun masʼuliyatni Balujiston viloyatining Pokistondan ajralib chiqishi tarafdori bo‘lmish “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhi o‘z zimmasiga oldi. U bir necha yillardan buyon mamlakatning turli obyektlarida xitoylik ishchilarga hujumlar uyushtirmoqda va bunga baluchlar minerallarga boy provinsiyadagi Xitoy loyihalaridan keladigan foydadan adolatli ulush olmaganliklarini sabab qilib ko‘rsatishmoqda.
Balujlar — Pokiston, Eron va Afg‘oniston chegaralari bilan bo‘lingan xalq. Pokistonning Balujiston viloyatida aholining uchdan bir qismidan sal ko‘prog‘ini balujlar tashkil qiladi.
Xitoy elchixonasi bayonotida aytilishicha, portlash sodir bo‘lgan joydagi fuqarolar Karachi yaqinidagi “Qosim” portida ikkita ko‘mir yoqilg‘i stansiyasini qurayotgan Port Qasim Power Generation Co Ltd kompaniyasida ishlaydi.


