1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash jarayoni bilan tanishdi

Shuningdek, davlat rahbari harbiy xizmatchilarning xonadonida bo‘ldi.

Prezident O‘zbekiston–Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash jarayoni bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining Surxondaryo viloyatidagi vzvodlaridan biriga tashrif buyurdi.

 

Maʼmuriy binodagi sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalar ko‘zdan kechirildi. Davlat chegarasini qo‘riqlashda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati taʼkidlandi.

 

Davlat rahbari O‘zbekiston — Afg‘oniston chegarasini qo‘riqlash jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

 

Mamlakatda qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish bilan birga harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu vzvod yonida ham shinam xonadonlar barpo etilgan.

 

Davlat rahbari shunday xonadonlardan birida mehmon bo‘ldi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan suhbatlashdi.

 

“Vatanimiz himoyachilarining o‘z vazifalarini xotirjam bajarishi, farzandlar tarbiyasi sizlarga bog‘liq. Turmush o‘rtoqlaringizga madadkor bo‘lib, katta jasorat ko‘rsatyapsiz. Sizlar ham Vatan himoyachisizlar”, — dedi Shavkat Mirziyoyev harbiylarning rafiqalariga.

 

Hovlida o‘yingohlar, sport maydonchalari, ayollar uchun tikuvchilik va qandolatchilik xonasi tashkil qilingan. Bolalarni maktab va bog‘chaga eltish uchun avtobus yo‘lga qo‘yilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика