1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

Muloqotda mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefonlashdi

 

29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

 

Suhbat avvalida yetakchilar bir-birlarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar. Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham samimiy salomini yoʻlladi.

 

Oʻzbekiston – Turkmaniston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 

Barcha darajalardagi muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi jadal oʻsib bormoqda. Energetika, sanoat, qishloq va suv xoʻjaligi, transport sohalarida hamkorlik kengaymoqda. “Shovot-Toshhovuz” chegaraoldi savdo zonasi ishga tushirildi. Hududlararo, ishbilarmonlik, madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashdi.

 

Mintaqaviy hamkorlikning asosiy masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Davlat rahbari Avazada yirik sammitlar, Ashxobodda Turkmaniston betarafligining 30 yilligi hamda “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” munosabati bilan tashkil etilgan forum muvaffaqiyatli oʻtkazilganini alohida taʼkidladi.

 

Kelgusi yilda bo‘lajak uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy tadbirlarni birgalikda o‘tkazishni davom ettirishga kelishib olindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика