1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Prezident Yangi Toshkentdagi yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

Loyiha to‘liq yakunlangach, Yangi Toshkent 2 million nafar aholi istiqomat qiladigan yirik megapolisga aylanishi rejalashtirilgan.

Prezident Yangi Toshkentdagi yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasiga tashrif buyurib, hududda amalga oshirilayotgan hamda istiqboldagi yirik qurilish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga shahar qurilishining bugungi holati, bosqichlari va kelgusidagi rejalar yuzasidan batafsil axborot berildi.

 

Ma’lum qilinishicha, Yangi Toshkent qurilishiga 2023-yilda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, loyiha uchun Yuqori va O‘rta Chirchiq tumanlaridan 19 ming 700 gektar yer maydoni ajratilgan. Konsepsiya Buyuk Britaniyaning “Cross Works” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirda hududda 100 dan ortiq loyiha jadal amalga oshirilmoqda, 2025-yil yakuniga kelib qurilish maydonlari 3 million kvadrat metrga yetgan.

 

Birinchi bosqichda 6 ming gektar hududda ishlar olib borilib, 600 ming aholi uchun zamonaviy yashash muhiti yaratiladi. Loyiha to‘liq yakunlangach, Yangi Toshkent 2 million nafar aholi istiqomat qiladigan yirik megapolisga aylanishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, yer osti muhandislik tarmoqlari, tunnel va avtoturargohlar qurilishi, transport qatnovini yengillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

 

Prezident shaharsozlikda “yashil” tamoyillarga ustuvor ahamiyat berish, jamoat transporti, piyoda va velosipedchilar uchun qulay sharoitlar yaratish zarurligini qayd etdi. Investorlar faolligi ham yuqori bo‘lib, hozirgacha 2 milliard dollarlik investitsiya shartnomalari imzolangan. Davlatimiz rahbari barcha loyihalar zamonaviylik bilan birga xalq manfaatiga xizmat qilishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика