1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Rossiya prezidenti Aliyev rahbarligida Ozarbayjon ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda yutuqlarga erishgani va xalqaro maydoni mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

Putin Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni 24-dekabr, uning 64 yoshga to‘lishi munosabati bilan samimiy tabrikladi. Tegishli tabrik telegrammasi Kreml rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

 

Telegrammada Putin Aliyev rahbarligida Ozarbayjon ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda tan olingan yutuqlarga erishgani va xalqaro maydondagi mavqeini izchil mustahkamlab borayotganini ta’kidladi.

 

Rossiya prezidenti shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmatning an’analariga asoslanganini qayd etdi. U bu munosabatlarning strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida rivojlanishda davom etishiga va Rossiya hamda Ozarbayjon xalqlari manfaatlariga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

 

 

Telegramma so‘ngida Putin Ilhom Aliyevga sog‘liq, farovonlik va muvaffaqiyatlar tiladi hamda oilasiga samimiy salomlarini yetkazishni so‘radi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика