1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Putin Ukrainadagi urushni tugatishni rejalashtirmayapti

Rossiya prezidenti Ukrainadagi urushni tugash vaqtini cho'zgan holda bundan ham kattaroq mojaroga tayyorlanmoqda.

Putin Ukrainadagi urushni tugatishni rejalashtirmayapti

 

Putin Ukrainadagi urushni tezroq tugatishga harakat qilmayapti, balki bundan ham katta miqyosdagi janglarga tayyorlanmoqda, deb yozadi Financial Times.

 

Nashr ekspertlari safarbarlik tartibinining o'zgarishini Rossiya Federatsiyasiga yana yuz minglab fuqarolarini urushga jo‘natish imkonini beruvchi yangi qonunlardan shunday xulosaga kelishmoqda.

 

“Putin potentsial safarbar etilishi mumkin bo'lgan Rossiya inson resurslari Ukrainanikidan uch-to'rt baravar ko'p, deb hisoblamoqda va yagona shoshilinch vazifa bu resursdan o'z xohishiga ko'ra foydalana olish: ko'proq odamlarni safarbar qilish, ularni qurollantirish, ularni o‘rgatib, jangga jo‘natadi”, — deb yozadi gazeta.

 

Shuningdek, xabarda Rossiya Davlat Dumasining Mudofaa bo'yicha qo'mitasi rahbari Andrey Kartapolovning so'zlari ham keltirilgan: “Bu tuzatishlar katta urush va umumiy safarbarlik uchun yozilgan. Va bu katta urushning hidi allaqachon sezilmoqda".

 

Kremlning harbiy g‘aznasi energiya ta’minoti tufayli hamon naqd pul bilan to‘lib-toshmoqda, Rossiyada harbiy zavodlar kecha-yu kunduz ishlamoqda, Xitoy va boshqa davlatlar sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun mikrochiplar yetkazib bermoqda, deydi ekspertlar..

 

Mutaxassislarning fikricha, parallel tarzda Rossiya Ukraina iqtisodiyotini bo'g'ib qo'yishni rejalashtirmoqda, chunki bugungi kunda Ukraina byudjeti G'arbdagi ittifoqchilariga bog'liq. Ekspertlar misol qilib g'alla bo'yicha kelishuvdan chiqish va fuqarolik infratuzilmasiga havo hujumlarini keltirishgan.

 

Kreml, shuningdek, Ukrainaning G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kamayidhini ham kutmoqda. Buning uchun u kuch tahdididan foydalanmoqda. Jumladan, vagnerchilar yordamida mojaroni Belarus orqali NATO hududiga kengaytirish.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика