Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘an Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning avgust oyida rasmiy tashrifini kutayotganini aytdi.
Erdog‘an Kreml rahbari bilan muhokama qilishni rejalashtirayotgan asosiy mavzular qatorida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi g‘alla kelishuvi va asirlar almashinuvi ham bor.
"Biz hozir Rossiya bilan bu masalani muhokama qilmoqdamiz. Kelasi oy esa Putin Turkiyaga tashrif buyuradi va bu mavzu haqida yana yuzma-yuz gaplashish imkoniyati bo'ladi", — dedi Turkiya Prezidenti.
Shuningdek, u Turkiya “don kelishuvi”ni uzaytirish ustida ish olib borayotganini va uning amal qilish muddatini ikki yilga uzaytirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirayotganini taʼkidladi.
Turkiya Prezidenti, shuningdek, Ukrainaning Shimoliy Atlantika ittifoqiga kirishini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.


