Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida ayol kishi fuqaro A.Yu.ga o‘zining qo‘l telefoni xotirasida unga tegishli shaxsiy foto va video tasvirlar borligi aytib, ushbu shaxsiy maʼlumotlarini internet tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga oldindan talab qilgan 118 mln so‘mni tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


