1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda erkak avval ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirdi, so‘ng o‘zini osib qo‘ydi

Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlumot berdi.

Qashqadaryoda erkak avval ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirdi, so‘ng o‘zini osib qo‘ydi

Joriy yilning 24 noyabr kuni Kitob tumani “Oqsuv” MFY, Xo‘jaisparoz qishlog‘ida yashovchi 1998 yilda tugilgan erkak shu kuni soat 13:00 atrofida yashash xonadonida ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar oqibatida oshxona pichog‘i bilan 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda 2024 yilda tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan.

 

Shundan so‘ng, u yashash uyining xo‘jalik binosida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani prokurori tomonidan JKning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика