1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda gaz taʼminoti korxonasi rahbari YTHda vafot etdi

U mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotganda avariyaga uchragan.

Qashqadaryoda gaz taʼminoti korxonasi rahbari YTHda vafot etdi

3-oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida yo‘l-transport hodisasi yuz berib, unda “Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti Nishon filiali rahbari hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida “Daryo” nashri xabar berdi.

 

​“Achinarlisi, marhumning jasadi tonggacha o‘sha yerda qolgan”, — deydi voqeadan xabardor manba.

 

Hududgaz Qashqadaryo” gaz taʼminoti filiali axborot xizmati Nishon filiali boshlig‘ining o‘limini tasdiqladi va taʼziya izhor qildi. Taʼkidlanishicha, marhum hodisa sodir bo‘lgan paytda transport vositasida yo‘lovchi sifatida harakatlangan. 

 

”Avtomobilda yo‘lovchi sifatida ketayotgan ekan. Voqea haqiqatdan ham tunda bo‘lgan”, — deydi viloyat gaz filiali vakili.

 

Qashqadaryo viloyat IIB YHXB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Nishon tumangaz taʼminoti korxonasi rahbari o‘limiga sabab bo‘lgan YTH 3 oktyabr kuni tongda sodir bo‘lgan.

 

​“YTH ishtirokchilari ikki kishi bo‘lgan. Ulardan biri shifoxonada vafot etgan, biri tirik”, — deydi masʼul.​

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика