1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qashqadaryoda Neksiya–3 avtohalokatga uchradi

Holat bo‘yicha viloyat IIB ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda Neksiya–3 avtohalokatga uchradi

 

Kecha, 11 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Neksiya–3 rusumli avtomashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu bo‘yicha viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.


Xabar qilinishicha, hodisa Yakkabog‘ tumani Qo‘tontepa qishlog‘i hududidan o‘tuvchi “Yakkabog‘–Chiroqchi–Sho‘rbozor” avtomabil yo‘lining 6-kilometrida yuz bergan. “Chiroqchi–Yakkabog‘” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro X. D. avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, o‘zining harakat yo‘nalishidan yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ketgan va ag‘darilgan. 


Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика