1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda qancha bola davolanayotgani aytildi

Hozirgi holat bo‘yicha Nurmat Otabekov maʼlumot berdi.

Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda qancha bola davolanayotgani aytildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda zaharlangan bolalarning hozirgi holati haqida maʼlumot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 29 sentyabr soat 12:00 holatiga ko‘ra 38 nafar bola shifoxonalarda davolanmoqda.

 

Barcha tarbiyalanuvchilarning ahvoli barqaror, kasallik yengil shaklda kechmoqda. Og‘ir yoki asoratli holatlar qayd etilmagan. Bolalar doimiy tibbiy nazorat ostida bo‘lib, zarur yordam ko‘rsatilmoqda. Davolash jarayonida respublika darajasidagi yetakchi mutaxassislar ham ishtirok etmoqda.

 

Qayd etilishicha, ota-onalarga bolalar salomatligi to‘g‘risida muntazam ravishda axborot berib borilmoqda. Yaqin kunlarda qolgan bolalar ham sog‘lom holatda uylariga javob berilishi kutilmoqda.

 

“Eng muhim jihat, vaziyat to‘liq barqaror. Sog‘ayish jarayoni ijobiy dinamika bilan ketmoqda. Davlat organlari va tibbiyot muassasalari bu holatni qatʼiy nazoratda ushlab turibdi”, dedi Otabekov.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика