1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogini yoshlarimiz kumush medal bilan yakunlashdi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogi musobaqalari o'z nihoyasiga yetdi.

Qilichbozlik bo‘yicha jahon kubogini yoshlarimiz kumush medal bilan yakunlashdi

 

Uch kunlik musobaqaning oxirgi kunida ishtirokchilar qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha jamoaviy bahslarda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Jahon kubogida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Sh.Mamutov, P.Genjebayev, B.Rasulov hamda J.Dushamboyevlardan iborat qilichbozlarimiz finalgacha bo‘lgan yo‘lni mag‘lubiyatsiz bosib o‘tishdi.

 

Hal qiluvchi bahsda vakillarimiz jahon kubogini ko‘tarinki ruhda o‘tkazgan misrlik qilichbozlarga qarshi jang qilishdi, biroq yakunda omad afrikalik sportchilarga kulib boqdi va hamyurtlarimiz kumush medal bilan cheklanishdi. 3-o‘rin uchun kechgan bahslarda rossiyalik qilichbozlar polshalik raqiblaridan ustun kelishdi.

 

Yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi

Sablya, jamoaviy bahslar:

1. Misr terma jamoasi,

2. O‘zbekiston terma jamoasi,

3. Rossiya terma jamoasi.

 

Shu tariqa, qilichbozlarimiz yoshlar o‘rtasida jahon kubogi bahslarini bitta kumush va ikkita bronza medali bilan yakunlashdi.

 

Eslatib o‘tamiz, bungacha rapirachilarimiz jamoaviy dasturda va sablyachimiz Pazil Genjebayev yakkalik bahslarida bronza medali bilan taqdirlanishgan edi.

 

Avvalroq Toshkentda qilichbozlik bo'yicha jahon kubogiga start berilgani va Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga Alisher Usmonovning nomzodi ko‘rsatilgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика