1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

"Qip-qizil o‘zbek, rus sinfda o‘qiydi" — Alisher Qodirov

"Milliy tiklanish" partiyasi yetakchisi bolalarning o‘z ona tilida ta’lim olmasligini tanqid qildi va uning og‘ir oqibatlari haqida gapirdi.

"Qip-qizil o‘zbek, rus sinfda o‘qiydi" — Alisher Qodirov

 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov bolalarning o‘z ona tilida ta’lim olmasligi masalasini tanqid qilib, bu holat ta’lim sifati va bolaning ustun manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim olish degani — bola tushunadigan tilda bilim olish deganidir. Ayni paytda esa ko‘plab bolalar bilmagan tilda ta’lim olayotgani ularning manfaatlariga zid kelmoqda. Qodirov bu tanlov amaldagi qonunchilik asosida ota-onalarga berilganini, biroq natijada bolalarning huquqlari buzilayotganini qayd etdi.

 

Partiya yetakchisining aytishicha, ta’lim to‘g‘risidagi qonunda bolaning ustun manfaati yetarlicha inobatga olinmagan. Xususan, u ta’lim tilini tanlash huquqi bolaning o‘ziga tegishli bo‘lishi kerak, degan taklifni ilgari surdi. Uning fikricha, hozirda ota-onalar bu tanlovni amalga oshirmoqda va bu ayrim hollarda bolalarga jiddiy zarar yetkazmoqda.

 

Qodirov partiya vakillari tomonidan Toshkent shahri va viloyatlardagi maktablarda olib borilgan tahlillarga tayangan holda, ko‘plab o‘zbek bolalar 1-sinfdan boshlab rus sinflarida o‘qiyotganini ma’lum qildi. Natijada, ayrim o‘quvchilar 6-sinfga kelib ham na matematika, na fizikaning boshlang‘ich fundamental bilimlarini yetarli darajada o‘zlashtira olmayotgani kuzatilgan.

 

Uning ta’kidlashicha, bunday o‘quvchilar ta’lim jarayonida asosan tilni tushunishga urinib, fan mazmunini o‘zlashtirishdan chetda qolmoqda. Bu holat yuqori sinflarda bilim bo‘shliqlariga, oliy ta’limga kirish imtihonlarida esa past natijalarga olib kelmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика