1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Maʼlumotlarga ko‘ra, bu bo‘yicha taʼlim muassasasining o‘zi iltimos bilan chiqqan.

Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li universitetga kurator bo‘ldi

Ramzan Qodirovning 16 yoshli o‘g‘li Adam Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlandi.

 

Checheniston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u taʼlim muassasasi rahbarining iltimosiga ko‘ra shunday qarorga kelgan.

 

“Rossiya maxsus kuchlari universiteti rahbari Baybetar Vayxanovning iltimosiga ko‘ra, men Adam Qodirovni Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlashga qaror qildim. U mashhur universitet faoliyati bilan yaqindan tanish, shuning uchun o‘ziga yuklangan masʼuliyatni aʼlo darajada bajara oladi, deb ishonaman”, — dedi Qodirov.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика