Hodisa Murino shahridagi Yekaterininskaya ko‘chasida, Grenlandiya turar-joy majmuasi yaqinida sodir bo‘lgan. Migrant yo‘lni piyodalar o‘tish zonasidan tashqarida kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Nissan haydovchisi erkakni urib yuborgach, voqea joyidan qochib ketgan.
Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.
"Hodisa aybdori qo'lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan", — deyiladi xabarda.


