1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston / 
  4. Samarqandda Nexia-3‘ning Spark‘ka borib urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

06:50 / 09.01.2023

976

Samarqandda Nexia-3‘ning Spark‘ka borib urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Nexia-3‘ning Spark‘ka borib urilishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, Nexia-3 va Spark o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi.

 

Qayd etilishicha, YTH 4 yanvar kuni soat 20:00 larda 4R-43 Marjonbuloq — Zarmitan — Qo‘shrabot avtomobil yo‘lining Qo‘shrabot tumanidan o‘tgan 99-kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisi mashinani katta tezlikda boshqarib, yo‘lning qiya burilish joyida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va ro‘paradan kelayotgan Spark bilan to‘qnashgan.

 

Hodisa oqibatida Spark haydovchisi va yo‘lovchisi hamda Nexia-3 haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика