Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, 13 may kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar “Rudakiy” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Beruniy-Gagarin” yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida “ISUZI” rusumli avtobus haydovchisi mashinasini boshqarib borayotgan vaqtida, yo‘ldan harakatlanib o‘tayotgan 59-son ‘Nurli maskan‘ maktabi o‘quvchisi 2004 yilda tug‘ilgan, Q.D.ni urib yuborgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan piyoda Q.D. shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan 15 may kuni shifoxonada vafot etgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


