1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda “Nexia” kanalga ag‘darilib ketdi

Hodisa oqibatida mashina ichida bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Samarqandda “Nexia” kanalga ag‘darilib ketdi

 

Samarqand viloyati Samarqand tumanida 8 may kuni “Nexia” avtomobilining kanalga tushib ketishi 3 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

 

Xabarda aytilishicha, soat tungi 02:40 atrofida tumanning Badal MFY hududida harakatlanib ketayotgan “Nexia” avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida kanalga ag‘darilgan.

 

Mashinaning old o‘rindiqlarida bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi suvdan chiqishga ulgurgan, orqa o‘rindiqlarda ketayotgan 15, 16 hamda 29 yoshli 3 nafar yigitlar halok bo‘lgan. Ularning ikki nafari maktab o‘quvchisi bo‘lgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика