1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qonunchilik palatasida Konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha loyiha muhokamasi o'tkazildi

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan o'tkazilgani aytildi.

Qonunchilik palatasida Konstitutsiyani o'zgartirish bo'yicha loyiha muhokamasi o'tkazildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Konstitutsiyaviy qonun loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari hamda Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitalarining qo‘shma yig‘ilishi bo'lib o'tdi.

 

Unda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqilmoqda.

 

2022 yil 24 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida siyosiy partiyalar fraksiyalari tomonidan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ilgari surilgan qator takliflar ham yangilanayotgan Konstitutsiyamiz matnida aks ettirildi. Xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga, shuningdek ularning hamkorlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishga, jamoatchilik, parlament va deputat nazorati mexanizmlarini takomillashtirishga, ijtimoiy davlat prinsiplarini ro‘yobga chiqarishning konstitutsiyaviy mexanizmlarini kuchaytirishga qaratilgan normalar kiritildi.

 

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 6 turdagi ekspertizadan, jumladan: lingvistik, yuridik, gender-huquqiy, korrupsiyaga qarshi, jamoatchilik hamda inson huquqlari bo‘yicha normalarga muvofiqligi bo‘yicha ekspertizalardan o‘tkazildi.

 

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini kuchaytirishga qaratilgan qo‘shimcha normalar kiritildi. Jumladan, davlatning fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘rishga oid vazifalarini nazarda tutuvchi yangi modda kiritildi. Bundan tashqari, mazkur moddaga muvofiq, davlat fuqarolar bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etishi va rag‘batlantirishi nazarda tutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика