1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonda 1 kilogrammdan ortiq “opiy” musodara qilindi

Giyohvandlik vositalari Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgani aniqlangan.

Qoraqalpog‘istonda 1 kilogrammdan ortiq “opiy” musodara qilindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi hamda Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida Nukus shahrida 1972-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 gramm “opiy” giyohvandlik vositasini Shumanay tumanida yashovchi, 1965-yilda tug‘ilgan fuqaroga 4 million so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Tekshiruv jarayonida mazkur shaxsning yonidan qo‘shimcha ravishda yana 5 gramm “opiy” moddasi ham ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, ushlangan shaxs ushbu giyohvandlik vositasini 1981-yilda tug‘ilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan.

 

Xo‘jayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirlar chog‘ida mazkur shaxs 20 gramm “opiy”ni 8 million so‘m evaziga sotayotgan paytida qo‘lga olindi. Shuningdek, uning yonida bo‘lgan sumkadan 1 kilogramm 176 gramm “opiy” giyohvandlik vositasi aniqlanib, olib qo‘yildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, musodara qilingan giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.

 

Hozirda ushbu holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 28-moddasi, 246-moddasi 2-qismi hamda 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

 

Taʼkidlanishicha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, bunday jinoyatni sodir etgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика