1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Qozog‘iston va O‘zbekiston qishda Qirg‘izistonga elektr yetkazib beradi

Yozda esa Qozog‘iston va O‘zbekistonning sug‘orish ehtiyojlari uchun To‘xtagul suv omboridan suv ajratiladi.

Qozog‘iston va O‘zbekiston qishda Qirg‘izistonga elektr yetkazib beradi

 

Olmaotada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning energetika hamda suv xo‘jaligi idoralari rahbarlari ishtirokida uch tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda suv-energetika sohasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi parametrlari, kuz-qish mavsumida bir-birini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari va kelgusi vegatatsiya davri uchun tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston kuz-qish mavsumida Qirg‘izistonga elektr energiyasini yetkazib berishga tayyorligini bildirdi. Bu chora Qirg‘izistonning qishki davrda elektr ishlab chiqarishni qisqartirishi va To‘xtagul suv omborida zarur suv zaxirasini shakllantirishga yordam beradi.

 

To‘plangan suv hajmi 2026-yilgi vegatatsiya mavsumida Qozog‘iston va O‘zbekistonning janubiy hududlaridagi qishloq xo‘jaligi maydonlarini barqaror sug‘orish uchun yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, uch davlat energiya iste’molini optimallashtirish, tejash bo‘yicha qo‘shma choralar ko‘rish va mintaqada energetika barqarorligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi. Tomonlar hamkorlik ishlarining yaxshi qo‘shnichilik ruhida olib borilayotganini qayd etdi.

 

O‘zbekiston muzokaralarda energetika tizimining tranzit, yetkazib berish va balanslash uchun zarur texnik sharoitlarni ta’minlashga tayyorligini tasdiqladi.

 

Yig‘ilish yakunida 2026-yil vegatatsiya mavsumiga tayyorgarlik doirasida qishki elektr energiyasi yetkazib berish va suv zaxiralash hajmlarini belgilovchi uch tomonlama bayonnoma imzolandi.

 

Avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston rasmiylari 2026-yilda elektr energiyasini yetkazib berish uchun shartnoma imzolagan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика