1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Qozog‘istonga kelib chiqishi nomaʼlum dron quladi

Unda ukrain tilidagi yozuvlar borligi aniqlangan.

Qozog‘istonga kelib chiqishi nomaʼlum dron quladi

Qozog‘iston hududiga kelib chiqishi nomaʼlum dron quladi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

 

“G‘arbiy Qozog‘iston viloyatining aholi yashamaydigan hududiga qulagan. Talafotlar va vayronaliklar qayd etilmagan”, deyiladi vazirlik bayonotida.

 

Rus ommaviy axborot vositalarining yozishicha, bu Ukraina droni bo‘lib, u Rossiyaning Volgograd viloyatidagi “Aksay–KTK” neft quvuriga hujum qilishi rejalashtirilgan. Ushbu neft quvuri Qozog‘istonning “KPO Karashagan” kompaniyasiga aloqador hisoblanadi.

 

Dron parchalari orasida ukrain tilidagi yozuv bo‘lgan qism topilgan. Ukraina rasmiylari hozircha mazkur hodisaga munosabat bildirgani yo‘q.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика