1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ramzan Qodirovning buyragi ishlamay qolgan, Kreml Checheniston uchun yangi rahbar izlamoqda

Ehtimoliy vorislar orasida Daudov, Alaudinov va Axmat Qodirov bor.

Ramzan Qodirovning buyragi ishlamay qolgan, Kreml Checheniston uchun yangi rahbar izlamoqda

 

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning sog‘lig‘i buyrak yetishmovchiligi sababli keskin yomonlashgan. U hozirda dializ muolajasini olayotgani, shifokorlar esa aniq prognoz bermayotgani haqida Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagi (GUR) manbalarga tayanib Ukrinform agentligi xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Ramzan Qodirov hozirda Chechenistondagi shaxsiy klinikasida davolanmoqda.

 

Qodirov sog‘lig‘idagi ushbu vaziyat fonida Kreml doiralarida Checheniston Respublikasiga yangi rahbar tayinlash masalasi faol muhokama qilinmoqda. GUR ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya rahbariyatiga yaqin doiralarda bir nechta ehtimoliy nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

 

Eng asosiy nomzodlar sifatida Checheniston parlamenti raisi Magomed Daudov, “Axmat” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Apti Alaudinov hamda Ramzan Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat Qodirov tilga olinmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Ramzan Qodirov 20 yoshli o‘g‘li Axmat Qodirovni sport vaziri lavozimini saqlab qolgan holda Checheniston hukumati raisining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan. Shuningdek, u respublikaning bir qator yuqori mukofotlari bilan taqdirlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика