1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi

Oliiy sud matbuot xizmatining zamon.uz'ga maʼlum qilishicha, 15 avgustda bo‘lib o‘tadigan sud tomonlarning roziligiga ko‘ra, ochiq yoki yopiq tarzda o‘tkaziladi

Rasul Kusherbayevning aliment ishi sudda ko‘riladi

Avvalroq sobiq deputat va hozirda Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherbayev farzandiga aliment to‘lashdan bosh tortayotgani haqida xabar berilgandi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilmoqda. Holat bo‘yicha Oliy Sud matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga 2025 yil 26 iyun kuni arizachi Sh. I. ariza bilan murojaat qilib, qarzdor RK.dan voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun sud buyrug‘i chiqarishni so‘ragan.

 

Mazkur sudning 2025 yil 28 iyundagi sud buyrug‘i bilan bilan arizachi Sh. I.ning arizasi qanoatlantirilgan. Unga ko‘ra qarzdor RK.dan undiruvchi Sh. I.ning foydasiga bir nafar 2023 yil 5 oktyabr kuni tug‘ilgan MK. ismli voyaga yetmagan qiz farzandining taʼminoti uchun 2025 yil 28 iyundan boshlab u voyaga yetgunga qadar har oy jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirilishi belgilangan.

 

Shuningdek, qarzdor RK.dan undiruvchi Sh. I.ning foydasiga pochta xarajati va qarzdordan davlat foydasiga davlat boji undirilishi belgilangan.

 

Shundan so‘ng qarzdor RK. sudning 2025 yil 28 iyundagi sud buyrug‘idan norozi bo‘lib, 2025 yil 21 iyul kunida mazkur buyruqqa nisbatan eʼtiroznoma keltirgan.

 

Sud Fuqarolik protsessual kodeksining 181-moddasiga ko‘ra va boshqa qonuniy talablardan kelib chiqib, ushbu sudning 2025 yil 23 iyuldagi ajrimi bilan RK.ning aliment undirish haqidagi sud buyrug‘ini bekor qilish haqidagi arizasini qanoatlantirgan.

 

Shundan so‘ng daʼvogar Sh. I. fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga 2025 yil 5 avgust kuni javobgar RK.ga nisbatan aliment undirish haqidagi daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.

 

Ushbu dʼvo ariza yuzasidan fuqarolik ishi qo‘zg‘atilib, ish yurituviga qabul qilingan. Fuqarolik ishini sud majlisida ko‘rib chiqish 2025 yil 15 avgust kuniga soat 16:00 ga tayinlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика