1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya 100 dan ortiq ukrain dronini urib tushirdi

Dron hujumi oqibatida 13 ta aeroport faoliyati to‘xtilgan.

Rossiya 100 dan ortiq ukrain dronini urib tushirdi

 

Rossiya Mudofaa vazirligi o'tgan tunda Ukrainadan uchirilgan 105 ta dron mamlakat havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilinganini bildirdi. Bu haqda rasmiy bayonotda soat 21:00 dan ertalabki 04:00 gacha davom etgan hujum tafsilotlari keltirib o‘tilgan.

 

Moskva meri Sergey Sobyaninning so‘zlariga ko‘ra, hujum paytida poytaxtga yo‘nalgan 19 ta dron muvaffaqiyatli urib tushirilgan. Qolgan dronlar esa Rossiyaning boshqa hududlarida, xususan, bir nechta viloyatlarda to‘xtatilgan.

 

Dronlar hujumi tufayli Rossiyaning qator aeroportlarida parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. “RBK”ning yozishicha, 6-mayga o‘tar kechasi 13 ta aeroportda, jumladan, Moskvaning to‘rtta aeroporti hamda Samara, Kazan, Volgograd, Saratov, Ivanovo, Yaroslavl, Kaluga va boshqa shaharlardagi aeroportlarda xavfsizlik choralari ko‘rildi va parvozlar cheklab qo‘yildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика