1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Rossiya delegatsiyasi Kann kinofestivalining ishtirokchilari qatoridan o‘chirildi

Bundan bir necha kun avval Gollivudning yirik kinostudiyalari ham o‘z filmlarining Rossiyadagi taqdimotini bekor qilgandi.

Rossiya delegatsiyasi Kann kinofestivalining ishtirokchilari qatoridan o‘chirildi

 

2022-yilgi Kann kinofestivalida Rossiyaning rasmiy delegatsiyasi ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

 

Bunga festival tashkilotlarining Kreml bilan bevosita aloqador bo‘lgan rasmiy delegatsiyani qabul qilishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan. Ular festivalda Rossiya hukumati bilan bog‘liq bo‘lgan delegatsiyalarning ishtirokiga yo‘l qo‘ymasliklarini maʼlum qilgan.

 

Festivalda rossiyalik kinematograflarning mustaqil ijodkor sifatida ishtirok etishlari imkoniyati saqlab qolinadi.

"Dunyo jiddiy inqirozga duch kelgani va Yevropaning bir qismi urush holatida bo‘lgani tufayli Kann kinofestivali Ukraina xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildiradi”,  — deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Maʼlumot uchun: birinchi bo‘lib, "Walt Disney Company" filmlarning Rossiyaga yetkazib berilishi to‘xtatilganini eʼlon qilgan. Uning ortidan "Sony Pictures” ham aynan shunday bayonot bilan chiqqan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика