O‘nlab rossiyalik harbiy xizmatchilar Eronda qisqa masofaga mo‘ljallangan Fath-360 ballistik raketalaridan foydalanish bo‘yicha mashg‘ulotlardan o‘tmoqda. Ushbu turdagi raketaning maksimal uchish masofasi 120 km, jangovar kallagi 150 kg og‘irlikka ega.
Reuters‘ning yozishicha, Fath-360 raketalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma Rossiya va Eron rasmiylari o‘rtasida o‘tgan yil oxirida imzolangan.


