1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya hududlarida kuchli shamol kuzatilmoqda

Hozirda evakuatsiya ishlari boshlangan.

Rossiya hududlarida kuchli shamol kuzatilmoqda

 

Rossiyaning Janubiy Sibir mintaqasida kuchli shamol va dovullar bir nechta hududlarga jiddiy zarar yetkazdi. Noqulay ob-havo asosan Hakasiyadagi dasht zonasi, Krasnoyarsk va Oltoy o‘lkasi, shuningdek, Novosibirsk va Kemerovo viloyatlarida kuchli yong‘inlarning tarqalishiga sabab bo‘ldi.

 

Rasmiy manbalarga ko‘ra, shamol natijasida yong'in tezlik bilan kengayib, ayrim aholi punktlarida turar joylarga ham yetib borgan. Hududlarda elektr ta’minoti uzilib, ko‘plab uy xo‘jaliklari elektrsiz qolgan.

 

Krasnoyarsk o‘lkasining Minusin shahrida favqulodda holat e’lon qilinib, bir nechta mavzelarda aholining evakuatsiyasi boshlab yuborilgan. Qutqaruvchilar vaziyatni nazoratga olishga urinmoqda.

 

Mahalliy OAVlarning ma’lumotiga ko‘ra, Krasnoyarsk shahrida kuchli shamol bir ayolni balkondan uchirib yuborgan va ayol halok bo‘lgan.

 

Ob-havo mutaxassislari shamol kuchining ayrim joylarda 25–30 m/s dan oshganini qayd etmoqda. Aholiga zarurat bo‘lmaguncha tashqariga chiqmaslik, xavfsizlik qoidalariga amal qilish tavsiya etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика