1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiya Ukrainadagi Patriot tizimiga shikast yetkazdi

U dushman uchun eng muhim nishonlardan biridir.

Rossiya Ukrainadagi Patriot tizimiga shikast yetkazdi

Kecha bir qancha OAV Rossiya armiyasi Dnepropetrovsk viloyatida Amerika havo hujumidan mudofaa tizimi o‘rnatilgan joyni o‘qqa tutganini yozdi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa uning butunlay yo‘q qilinganini maʼlum qildi. Ukraina Harbiy-havo kuchlari aloqa bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Yuriy Ignat hudud o‘qqa tutilgani haqidagi maʼlumotni tasdiqladi, biroq zenit-raketa tizimi yo‘q qilinmaganini qayd etdi.

 

“Bu urush, urushda nafaqat odamlar, balki texnikalar ham zarar ko‘radi. Bundan tashqari, ushbu Patriot bo‘linmasi mintaqada vazifalarni bajarishda davom etmoqda”, degan u.

 

Ignatning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha kuni havo hujumidan mudofaa tizimi Rossiya ballistik raketalarining bir qismini tutib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика