1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi

Jabrlanuvchi o‘rmonda chuqur qazishga majbur qilingan.

Rossiyada 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi

 

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Krasnoselsk tumanida 25 yoshli o‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlab ketildi

 

Maʼlum qilinishicha, yigit may oyida Rossiyaga ishlash uchun kelgan va vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan. Uni 31-iyul kuni besh kishi kafening xizmat ko‘rsatish eshigida ushlab olgan. Bu ham yetmagandek ular yigitning telefonini olib qo‘ygan va uni 35 ming rubl miqdorida kredit olish uchun onlayn ariza yozishga majburlagan.

 

Keyin yigitni mashinaga o‘tkazib, o‘rmonga olib ketishgan. U yerda jabrlanuvchi quduq qazishga majbur qilingan. Shu bilan birga, o‘g‘rilar yigitdan 100 ming rubl talab qilgan, keyin uni yana kafega olib kelishgan.

 

Avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik yigit qizni pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика