1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Rossiyada o‘zbekistonlik 22 yoshli ishchi qurilishda halok bo‘ldi

Bosh konsullik voqea yuzasidan Rossiya rasmiylariga nota yuborgan.

Rossiyada o‘zbekistonlik 22 yoshli ishchi qurilishda halok bo‘ldi

Rossiyaning Arxangelsk shahrida Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ishchi baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi. U ko‘p qavatli uy qurilayotgan paytda beshinchi qavatdan qulab tushgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yigit binoning tashqi tomonida qurilish jihozlarini yuqoriga ko‘tarayotgan paytda muvozanatini yo‘qotgan va beton plitaga qulagan. Tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tezkor yordamga qaramay, u voqea joyida vafot etgan.

 

Hodisa Arxangelskdagi Terexina ko‘chasida joylashgan turar-joy majmuasi qurilishida sodir bo‘lgan.

 

Qurilish kompaniyasi rasmiy bayonotida marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirilib, hodisa yuzasidan mehnat xavfsizligi bo‘yicha to‘liq va shaffof tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

 

“Biz ushbu fojiani jiddiy qabul qilamiz. Mehnat xavfsizligi kompaniyamizning eng muhim ustuvor yo‘nalishidir. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, barcha sabablar bo‘yicha to‘liq ma’lumot e’lon qilinadi”, — deyiladi kompaniya vakili bayonotida.

 

O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi Arxangelsk viloyatidagi Rossiya TIV vakolatxonasiga rasmiy nota yuborganini bildirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sankt-Peterburgda 23 yoshli o‘zbekistonlik ishchi ham qurilish maydonida 15 metr balandlikdan qulab vafot etgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика