1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Korxona geologik qidiruv ruxsatnomasidan chetga chiqib, noqonuniy qazish ishlarini olib borgan.

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida faoliyat yuritgan “S. I.” xorijiy korxonasining tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanishi natijasida tabiatga 7,7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda fosh etildi.

 

Tekshiruv ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil 27-noyabrda “S. I.” korxonasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ruxsati ostida Bulung‘ur tumani hududidagi “Jomboy-3” uchastkasida geologik qidiruv o‘tkazish uchun auksionda g‘olib bo‘lgan. Biroq korxona geologik o‘rganish uchun berilgan ruxsatnoma shartlariga rioya qilmasdan va qazib olish uchun tegishli tartibdagi ruxsatnomalarsiz noruda qazish ishlarini amalga oshirgan. O‘lchovlar natijasida 50 859,25 m³ tuproq (lyossimon jinslar) noqonuniy qazib olingani aniqlangan.

 

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni va “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid ekani qayd etildi. Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, zarar miqdori — 7 374 591 250 so‘m. To‘plangan hujjatlar qonuniy baho berish va javobgarlik choralarini ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi.

 

Ekologiya vazirligi o‘z navbatida barcha loyiha ishtirokchilariga tabiat resurslaridan qonuniy va shartnomaviy talablar asosida foydalanishni qat’iy rioya etishni eslatadi hamda shunday qonunbuzarliklarning oldini olish uchun nazorat choralarini kuchaytirishini ma’lum qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика