1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

TIV: O‘zbekiston Yaqin Sharqda tinchlik sa’y-harakatlarini olqishlaydi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi AQSh vositachiligida erishilgan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish kelishuvi hamda Misr, Qаtar va Turkiyaning faol ishtirokini yuqori baholadi.

TIV: O‘zbekiston Yaqin Sharqda tinchlik sa’y-harakatlarini olqishlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh Prezidenti Donald Trampning vositachiligida G‘azo hududida o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha erishilgan kelishuvni olqishladi.

 

Vazirlik bayonotida Misr, Qаtar va Turkiyaning ushbu jarayondagi faol va muvofiqlashtirilgan sa’y-harakatlari yuqori baholandi. Bu tashabbuslar ziddiyatning tezda to‘xtatilishi, insonparvarlik inqirozining yengillashishi va siyosiy muloqotning tiklanishi uchun imkon yaratadi, deyiladi bayonotda.

 

O‘zbekiston doimo xalqaro huquq va BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlariga asoslanib, Yaqin Sharqda barqaror va adolatli tinchlik o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi. Kelishuv vaqtinchalik choradan iborat emas, balki tomonlar o‘rtasida xavfsizlikni mustahkamlash va o‘zaro ishonchni tiklash yo‘lidagi uzoq muddatli siyosiy yechimga qaratilgan muhim qadamdir.

 

Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat tomonidan Yaqin Sharqda tinchlik, barqarorlik va humanitar yordamga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarga konstruktiv hissa qo‘shishga tayyor ekanini bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика