1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Chet tillarini o‘rganayotgan yoshlar uchun davlat subsidiyasi joriy etildi

Chet tillarni o‘rganayotgan yoshlar o‘qish xarajatining bir qismini davlat hisobidan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Chet tillarini o‘rganayotgan yoshlar uchun davlat subsidiyasi joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yoshlarning bilim va malaka salohiyatini oshirish, ularni xorijiy tillarni o‘rganishga rag‘batlantirish maqsadida yangi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etdi.

 

Joriy yilning 8-oktabrida Vazirlar Mahkamasining 632-sonli qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, xorijiy tilni o‘rganish istagidagi yoshlar uchun maxsus subsidiyalar ajratiladi.

 

Mazkur tashabbus “2+6” modeli asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, dastlabki ikki oy davomida ta’lim xarajatlari tinglovchi tomonidan to‘lanadi, keyingi olti oy esa Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Subsidiyaning miqdori joylashuvga qarab belgilanadi:

 

Toshkent shahri uchun – 824 ming so‘mgacha (YaHMning 2 baravari);

 

Viloyat markazlari uchun – 618 ming so‘mgacha (1,5 baravari);

 

Tuman va shaharlar uchun – 412 ming so‘mgacha (1 baravari).

 

Dastur doirasida 2025–2026-yillarda 20 ming nafarga yaqin yoshni qamrab olish, 2031-yilgacha esa har yili shuncha yoshga moliyaviy yordam ko‘rsatish rejalashtirilgan.

 

Subsidiyalar faqat elektron ro‘yxatdan o‘tgan, o‘quv jarayoni raqamli tarzda nazorat qilinadigan ta’lim markazlariga beriladi. Bu tizim davlat mablag‘larining maqsadli va shaffof sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.

 

Mazkur qaror yoshlarning chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirish va xalqaro ta’lim hamda ish imkoniyatlariga yo‘l ochishga qaratilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика