1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Toshkentda MIB orqali fuqaroga 100 mln ish haqi undirildi

Maʼlum bo‘lishicha, qarzdor MCHJ xodimga oylikni o‘z muddatida to‘lamay kelgan.

Toshkentda MIB orqali fuqaroga 100 mln ish haqi undirildi

Toshent shahrining Sergeli tumanida MIB orqali fuqaroga 101 mln so‘m ish haqi undirib berildi. Bu haqida MIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Majburiy ijro byurosi Sergeli tuman bo‘lim ish yurituviga qarzdor MCHJdan undiruvchi sobiq xodim Ch.y. foydasiga 101 mln 47 ming ish haqi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi” Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.

 

Qarzdor jamiyat sobiq xodim foydasiga o‘z muddatida to‘lanmagan oylik ish haqlarini qoplashi to‘g‘risida ogohlantirilgan, biroq, korxona qarzdorlikni bartaraf etmagan. Shu sababli, qarzdor MCHJning mol-mulki va avtotransport vositalariga taqiq qo‘yilib, qidiruv qilingan. Bundan tashqari qarzdorning bank hisob raqamlariga band solingan.

 

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida 101 mln so‘m ish haqi majburiy tartibda undirilib, undiruvchi fuqaro foydasiga o‘tkazib berilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика