1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol “Shoyguning jiyani” sifatida fuqarolarni aldadi

27 yoshli ayol o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning jiyani sifatida ko‘rsatib, fuqarolardan kriptoinvestitsiya loyihasiga sarmoya kiritishni so‘ragan.

Rossiyada o‘zbekistonlik ayol “Shoyguning jiyani” sifatida fuqarolarni aldadi

Moskvada huquqni muhofaza qiluvchi organlar 27 yoshli asli o‘zbekistonlik Sheryexon Osmonovani (so‘ngra familiyasini o‘zgartirib, o‘zini Sherye Shoygu deb tanishtirgan) yirik miqdordagi firibgarlikda gumon qilmoqda. U o‘zini Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoyguning jiyani sifatida ko‘rsatib, fuqarolardan kriptoinvestitsiya loyihasiga sarmoya kiritishni so‘ragan.

 

TASS agentligi xabariga ko‘ra, gumondor ayol va uning turmush o‘rtog‘i 100 million rubldan ortiq mablag‘ni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda ayblanmoqda. Ular investitsiya orqali yuqori daromad va’da qilib, fuqarolardan katta summalarda pul to‘plagan va keyin izsiz g‘oyib bo‘lgan.

 

Jabrlanuvchilar advokati Said Yarahmedov ma’lum qilishicha, tergov jarayonida zarar miqdori ikki barobarga oshishi, ya’ni 200 million rublgacha yetishi mumkin.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Rossiya Jinoyat kodeksining 159-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda gumondor shaxslar qidiruvda bo‘lib, ularning xorijga chiqib ketgani ehtimoli o‘rganilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика