YouTube videoxostingi Rossiyada kompyuterlarda ishlashni to‘xtatdi. Foydalanuvchilarning xabar berishicha, ular saytga kirishga harakat qilganda hech qanday aloqa yo‘qligi haqida xabar paydo bo‘lmoqda.
Maʼlumotlarga ko‘ra, soat 11.20 holatiga ko‘ra xosting ishi yuzasidan deyarli 5 mingta shikoyat kelib tushgan. Foydalanuvchilar, shuningdek, videolar provayderlardan WiFi orqali emas, balki mobil internet orqali smartfonlardan yuklab olinishini yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Rossiyada YouTube videoxostingida videolarni yuklab olish sifati yomonlashgani, shuningdek, foydalanuvchilarning xizmat sifati bo‘yicha shikoyatlari ko‘payganini xabar qilingandi


