1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketi tasdiqlandi

Yangi cheklovlarning tafsilotlari keyinroq eʼlon qilinadi.

Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketi tasdiqlandi

Yevrokomissiya Rossiyaga qarshi 19 sanksiyalar paketini tasdiqladi. Bu haqda Bryusseldagi brifingda Yevropa Komissiyasi matbuot kotibi Paula Pinyo maʼlum qildi.

 

Avvalroq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga Rossiya banklari va energetika kompaniyalariga qarshi cheklovlar, shuningdek kriptovalyutaga oid sanksiyalar kiritilishi rejalashtirilgani xabar berilgan edi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiya energiya resurslari importidan voz kechish jarayonini tezlashtirishga vaʼda bergan.

 

Sentyabr oyi boshida Italiyaning ANSA axborot agentligi Yevropa Komissiyasi 19-sanksiya paketini tayyorlash chog‘ida rossiyaliklarga Shengen vizalarini beradigan rasmiylar uchun qattiqroq ko‘rsatmalarni joriy etish imkoniyatini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi. Biroq bu haqida hozircha biron gap yo‘q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика