Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan “Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan joriy yilning 19–23-dekabr kunlari ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilishi mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 110/35/10 kV kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida yangi o‘rnatilgan elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani barqaror taqsimlash maqsadida qisqa muddatli uzilishlar ehtimoli mavjud.
Xususan, Olmazor tumanining “Ahil”, “Bo‘stonobod”, “G‘alaba”, “Gulsaroy”, “Islom ota”, “Istiqlol”, “Moyariq”, “Oltinsoy”, “Paxta”, “Qichqiriq”, “Tabassum”, “Tepaguzar”, “Umid”, “Yangi Toshkent”, “Yoshlik” hamda “Elparvar” mahalla fuqarolar yig‘inlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi ehtimoli ham borligi qayd etildi.


