1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Bosh vaziri maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashdi

Tomonlar qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Bosh vaziri maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Bosh vazirining investitsiyalar bo‘yicha maslahatchisi Varun Chandra bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

Varun Chandra O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, biznes muhitini yaxshilash va investitsiyalarni jalb etish borasidagi chora-tadbirlarni yuqori baholab, Britaniya biznes doiralari ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga tayyor ekanini bildirdi.

 

Saida Mirziyoyeva, o‘z navbatida, uchrashuvda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniya Bosh vaziri o‘rinbosari va adliya vaziri Devid Lemmi bilan ham uchrashuv o‘tkazgan edi. Uchrashuvda inson kapitalini rivojlantirish, O‘zbekiston ta’lim tizimiga Kembrij dasturlarini joriy etish, Oksford universitetida o‘zbek tilini o‘rganish loyihasini yo‘lga qo‘yish hamda ingliz tilida so‘zlashuvchi o‘qituvchilarni jalb etish masalalari muhokama qilingan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика